O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan so‘mga xorijiy valyuta kurslari 2024-04-28


O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

16-18 may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, uning umumiy asosiy mavzusi – “Mustahkamlikka sarmoya kiritish”. Tadbirda 73 davlatdan 2000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, sarmoya, moliya va texnologiyalar sohasi mutaxassislari, shuningdek, jahon ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy mavzusi iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashga sarmoya kiritish bo'ldi. Yig‘ilish davomida Bankga a’zo mamlakatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha panel muhokamalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir shuningdek, YeTTBga o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlarini tahlil qilish va kelajak uchun rejalar tuzish imkoniyatini berdi. Yig‘ilishning asosiy voqealaridan biri “O‘zbekistonning investitsion istiqbollari” mavzusidagi sessiya bo‘ldi. Unda mamlakatimiz iqtisodiyotining kutilayotgan o‘sish sur’atlari va sarmoya jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbirning uch kunlik kun tartibidan turli mavzularda ekspertlar ishtirokida bir qancha muhokama panel sessiyalari ham o‘rin olgan. Sessiyalar ham mintaqalarga, ham alohida mamlakatlarga bag'ishlandi, jumladan: - xalqaro savdo; - energiya xavfsizligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari; - kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyot uchun ahamiyati; - rivojlanayotgan bozorlarda raqamlashtirish; - YETTBning Yashil shaharlar dasturi;