O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan so‘mga xorijiy valyuta kurslari 2024-05-06


25/12/2023: O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yil natijasi bo’icha $5 milliard dollardan oshishi ku

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yil natijasi bo’icha $5 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Ikkala davlat bu kursatkihcni $10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 2023-yil O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi har tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligining izchil kengaygan yana bir yili bo‘ldi. Joriy yilning 5-chi may kuni Toshkentda Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 20-chi majlisi, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston bosh vazirlari, A.Aripov va A.Smailovlar, o’rtasida ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi . Shu yilning 9-noyabrida Toshkentda boʻlib oʻtgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 16-chi sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida “Markaziy Osiyo” Sanoat Kooperatsiyasi Xalqaro Markazi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Markaz Oʻzbekistonning “Guliston” va Qozogʻistonning “Atameken” xalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarining chegara hududida quriladi. Yil davomida ikki mamlakat bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlik, idoralar va yirik davlat kompaniyalari rahbarlari boshchiligidagi turli hukumat tuzilmalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda ham faol ishlar davom ettirildi. Ikki mamlakat hukumatlarining izchil va samarali faoliyati natijasida 2023-yilning to‘qqiz oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi $3.3 milliard dollarni tashkil etdi . Joriy yil oxirida bu ko'rsatkich $5 milliard dollardan oshishi kutilmoqda . Qozog‘istondan eksport qilingan mahsulot hajmi $2.3 milliard dollarni tashkil etdi. Qozog‘iston tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlar assosiy qismini bug‘doy, qotishmagan po‘latdan yarim tayyor mahsulotlar, un, kungaboqar yog‘i, turli rudalar va ulardan konsentratlar, go‘sht va go‘sht mahsulotlari tashkil etadi. Oʻzbekistondan Qozogʻistonga eksport 2023-yilning Yanvar-Sentyabr oylarida 4% oshib , $957,8 million dollarni tashkil etdi . Oʻzbekiston eksportining asosiy mahsulotlari avtomobil kuzovlari, uchqunli ichki yonuv dvigatellari, ruda mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari, meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlari, muzlatgichlar va boshqa sovutgich uskunalari tashkil qiladi. Yaqin yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini $10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha faol ish olib borayotganini alohida taʼkidlash lozim. Shu munosabat bilan 2022-yilda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’atlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan, 2022-yilning Yanvar-Dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdosi hajmi 17,2% oshib, $7,5 milliard dollarga yetdi. Bunda, O‘zbekiston eksporti $3,1 milliard dollarni (o'sish 15,4%), import - $4,4 milliard tashkil etdi (o'sish 18,6%). Markaziy Osiyo mamlakatlari kesimida O‘zbekistonning o‘tgan yilgi tashqi savdo ko‘rsatkichlari: – Qozog‘iston bilan – $4,6 milliard dollar (o‘sish 17,9%z) , shundan eksport $1,4 milliard dollar, import – $3,2 milliard dollar; - Qirg‘iziston bilan – $1,3 milliard dollar (o‘sish 32,1%) , shundan eksport $979,3 mln dollar, import – $280,7 mln dollar; – Turkmaniston bilan – $926,3 million dollar (o‘sish 2,7%z) , eksport – $194,8 million dollar, import – $731,5 million dollar; - Tojikiston bilan – $674,4 million dollar (o‘sish 11,4%) , eksport – $519,9 million dollar, import – $154,5 million dollar. 2022- yilda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmining eng katta ulushi - yani 62% Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi. Boshqa qo‘shni davlatlar ulishi quyidagiday bo’ldi: Qirg‘iziston – 17%, Turkmaniston – 12% va Tojikiston – 9%.

YUKLAB OLISH