Sovuq ob-havo mevali daraxtlarning kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi

February 22, 2021, 3:38

 O‘n kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarini bo‘rtishi va ochilishi boshlandi; o‘n kunlikning oxiriga kelib, erta gullaydigan mevali daraxtlarni gullashi boshlandi. Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o‘n kunligida boshlanib, ikkinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi bo‘ldi.

Avvalroq xabar berganimizdek, 23 fevralda respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 25−26 fevralda havo harorati kechalari −7…−12, kunduzlari −2…−7 gacha pasayishi kutilmoqda.

Manbaa: gazeta.uz