O‘zbekistondagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berildi

April 14, 2021, 2:57

Rosselxoznadzor 14 apreldan boshlab, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beradi. Shu kunga qadar Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berilgan edi.

Rosselxoznadzor 14 apreldan boshlab O‘zbekistondagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Rosselxoznadzorga Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi pomidor va qalampir yetishtiruvchi 17 ta korxona mahsulotlari ToBRFV virusidan holi ekanligi haqida ma’lumotlarni taqdim etgan.

Rosselxoznadzor inspeksiyaning kafolati bilan quyidagi korxonalarga Rossiyaga pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beradi:

  • MCHJ «Avtomobilchi MTP» (Qashqadaryo viloyati);
  • MCHJ «Shaxzoda Iroda Nodira» (Qashqadaryo viloyati);
  • MCHJ «Fayzullayev Muhriddin» (Qashqadaryo viloyati);
  • MCHJ «Qashqadaryo taraqqiyot parnik servis» (Qashqadaryo viloyati);
  • MCHJ «Siyob Baraka» (Qashqadaryo viloyati);
  • MCHJ «Navoiy Beton Tayorlov» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Agro Eksport Saxovati» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Said-Shohsanam» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Barakali xosil gold» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Navoiy Saxovat Gold» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Navoiy Ziroat Bog’i» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Johon Biznes Baraka Servis» (Navoiy viloyati);
  • MCHJ «Real kabel invest» (Farg‘ona viloyati);
  • MCHJ «Zimniy sad» (Farg‘ona viloyati;
  • MCHJ «Yorqin Zaxro» (Farg‘ona viloyati);
  • MCHJ «Ijodkor Baraka Xosildor» (Farg‘ona viloyati);
  • MCHJ «O Far Yoz Innovatsiya» (Farg‘ona viloyati).

Ma’lumot uchun, 2020 yil 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida yetishtiriladigan pomidor va qalampir mahsulotlarini olib kirishga ta’qiq qo‘ygan edi. Ta’qiq sababi ularda karantin kasalligi tobamovirus aniqlanganligi bo‘lgan edi.

manba:.gazeta.uz