O‘zbekiston va Afg‘oniston 82 mln dollarlik shartnoma va bitimlarni imzoladi

June 17, 2019, 4:59

O‘zbek-afg‘on forumida 82,2 mln dollarlik eksport shartnomalari va bitimlar imzolandi.

 

  O‘zbekiston va Afg‘oniston Termizda bo‘lib o‘tgan biznes forumda 82,2 mln dollarlik eksport shartnomalari va bitimlarni imzoladi, deya xabar qildi Investorlar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. Tadbirda 60 dan ortiq afg‘on kompaniyasi ishtirok etdi.

Imzolangan hujjatlar doirasida O‘zbekiston janubdagi qo‘shniga neft-kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradi.

Jumladan, «O‘ztreyd» kompaniyasi 15,5 mln dollarlik, Surxondaryodagi korxona — 15 mln dollarlik, «O‘zbekneftgaz» — 11,5 mln dollarlik, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi — 10 mln dollarlik, Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi — 8,8 mln dollarlik hamda «O‘zkimyosanoat» — 5,4 mln dollarlik shartnomalarni imzoladi.

Bundan tashqari, Afg‘oniston delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda chegaraoldi savdo zonasi yordamida o‘zaro savdo aloqalarining o‘sishini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

gazeta.uz