Oʻzbekiston-Qozogʻiston savdo aylanmasi hajmi oshmoqda

April 15, 2019, 9:28
Bugungi kunda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida mashinasozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat sanoati, turizm, transport va logistika sohalarida kooperatsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Qisqa vaqtda ikki davlatning oʻzaro savdo hajmi yuqori surʼatlarda oʻsib, 2017 yilda 2 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda bu koʻrsatkich 2017 yilga nisbatan yana 30 foizdan ziyod oshgan.
 
2019 yilda ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish va oʻzaro tovar ayriboshlash hajmini 4 milliard dollarga, xususan, eksport koʻrsatkichlarini 2,3 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
 
 
uza.uz