Tashqi savdo vaziri Qirg'izistonga tashrif buyurdi

April 4, 2018, 3:48

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo'jaev boshchiligidagi ishchi guruhi Qirg'izistonga tashrif buyurdi.

2018-2019 yillarda O'zbekistondanQirg'izistonga 50 million AQSH dollarlikyangi va qayta ishlangan meva-sabzavotmahsulotlarini yetkazib berish bo'yichashartnoma bajarilishi, amaliy savdoshartnomalarini bajarish, sanoatsohasidagi loyihalarini jadallashtirish vaboshqa masalalarni O'zbekistonRespublikasi Tashqi savdo vaziri JamshidXodjayev boshchiligidagi ishchi guruhQirg'iziston Respublikasiga tashrifi chog'idamuhokama qildi.

O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tashrifi davomida Qirg’iziston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari S.Mukanbetov, Iqtisodiyot vaziri A.Novikov, transport vazirining o'rinbosari E.Mamirkaliev, hamda Qirg’iziston Respublikasi hukumatining, O'sh viloyatidagi  Vakolatli vakili T.Sarishbashov va O'sh shahri meri A.Qodirboev bilan uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazildi.

2018-2019 yillarda Qirg'izistonga 50 million AQSH dollarlik yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha shartnoma bajarilishini muhokama qilish jarayonida, tasdiqlangan jadvalga asosan mahsulotlarni yetkazib berishni ta'minlash bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Ta'kidlanishicha, faqat 2018-yilning yanvar oyida O’zbeksiton tomonidan 1 million AQSH dollarlik mahsulotni jo'natdi.

Shuningdek, tashrif doirasida, O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar uchun maqbul narxlarda ko'mir yetkazib berish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. O'z navbatida, Qirg'iziston  O'zbekistondan mineral o'g'itlar va kaltsiylangan soda, hamda, o'zbek paxtasinining oldi urug’lari yetishtirilishiga qiziqish bildirdi. 

Shu bilan birga, tez orada qo'shma loyihalarni ishga tushirish, xususan, Qirg'iziston Respublikasida O’zbek qishloq xo'jaligi texnikasi, "O'zavtosanoat" AJ avtomobillari, Samavto avtobuslari yig’ilishi, Artel brendi ostida kir yuvish mashinalari, IMZO brendi ostidagi PVX va alyuminiy profillik derazalar va eshiklarni montaj qilishni tashkil etish, shuningdek, Bishkekda «Artel Teknikal School» va O'sh viloyatida Mediapark savdo-ko'ngilochar markazining filiali ochilishi bo'yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tomonlar O’zbekistondagi Korzinka.uz savdo tarmoqlarida qirg'iz mahsuloti zonasini yaratish va Qirg'izistonning supermarketlarida o'zbek oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli tovarlari joylashgan zonalar yaratilishi to'g'risida kelishib oldilar. 

Ushbu tashrif doirasida "Uztrade" AJning savdo uyi Bishkek shahrida ro'yxatdan o’tkazilib, u boshqa mamlakatlardagi savdo uylari kabi o'zbek eksportchilarining salohiyatini taqdimot uchun maydon sifatida xizmat qiladi. 

Bank-moliya masalalarini muhokama qilish jarayonida 2017 yilning dekabrida imzolangan Moliyaviy hamkorlik to'g'risidagi bitimni amalga oshirish maqsadida Qirg’izistonning «RSK Bank» va «Ayil Bank»lari hamkor banklar vazifasini bajaruvchi deb aniqlandi. Hujjatda o'zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini Qirg'iziston bozoriga yetkazib berishni moliyalashtirish maqsadida, O'zbekiston tijorat banklari tomonidan 100 mln. AQSh dollari miqdoridagi maxsus kredit liniyalari ochilishi ko'zda tutilgan. Yuqorida ko’rsatilgan banklar va O’zbekistonning "O’zmilliybank", "Asaka" bank va O’zsanoatqurilishbank banklari o'rtasida kredit limiti tashkil etish va O'zbekiston Respublikasi tomonidan yetkazib beriladigan  tovar va xizmatlar eksporti uchun moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Yaqin muddatda ikki mamlakatning sanoat korxonalari bilan birgalikda savdoni moliyalashtirish maqsadida aniq loyihalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.